Rossiya va O'zbekiston meva-sabzavot yetkazib berishning kafolatli tizimini rivojlantiradi
O'zbekiston va Rossiya meva-sabzavot mahsulotlarini kafolatli yetkazib berish tizimini yo'lga qo'ymoqda. Tizim "yashil yo'lak", sovutilgan logistika va to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar orqali eksport hajmini barqaror oshirishni ko'zlaydi.
Hozirda O'zbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlari 66 ta mamlakatga eksport qilinmoqda. Asosiy eksport tovarlari — gilos, shaftoli, uzum, anor, qovun va quritilgan mevalar bo'lib, mavsumiy gilos va shaftoli eng katta ulushni egallaydi.
Hozircha izohlar yo'q. Birinchi izohni siz qoldiring!