1-iyun narxlari: Toshkent bozorlarida sabzavotlar arzonladi, qo'y go'shti qimmatladi
Iyun oyi boshida Toshkent bozorlarida yangi hosil hisobiga ko'plab sabzavotlar arzonlashdi. Sarimsoq piyoz 12-18 mingdan 4-10 ming so'mga, bulg'or qalampiri 15-35 mingdan 5-20 ming so'mga, baqlajon esa 18-22 mingdan 6-7 ming so'mga tushdi. Pomidorning yuqori narxi 22 mingdan 13 ming, bodringniki 15 mingdan 11 ming so'mga pasaydi. Kartoshka 2 000-6 000 so'm oralig'ida sotilmoqda.
Go'sht bo'limida esa aksincha — qo'y go'shti 88-115 mingdan 90-130 ming so'mga ko'tarildi. Mol go'shti 75 000-106 000 so'm/kg, muzlatilgan import mol go'shti 80 ming so'mgacha tushdi. Limon narxi 42 mingdan 50 ming so'mga oshdi.
Hozircha izohlar yo'q. Birinchi izohni siz qoldiring!