Yanvarda 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

Kategoriya: Mahalliy yangilik

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 75,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

 

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 martaga yoki 78,8 ming tonnaga ko‘paygan.

 

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:

Rossiya - 27,2%;

Pokiston - 21,2%;

Xitoy - 13,4%;

Qozog‘iston - 9,2%.

 

2024-yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 6,8% ini tashkil etgan.