Xorazmdagi imkoniyatlar va ularni ishga solish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi

Kategoriya: Mahalliy yangilik

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda qishloq va suv xo‘jaligidagi vazifalar ham ko‘rsatib o‘tildi.

Jumladan, Xitoy va boshqa davlatlardan sho‘r tuproqqa chidamli paxta navlarini olib kelib, yetishtirish zarurligi taʼkidlandi. Urganch shahrida ekin urug‘larini sertifikatlash laboratoriyasi, har bir tumanda 40 tadan kichik

Sholichilikda ham ilmiy yondashuvlarni joriy etish vaqti kelgan. Bu borada Filippindan olib kelingan sho‘rga chidamli navlarni Xorazm sharoitiga moslash, Janubiy Koreya bilan hamkorlikda sholi urug‘chiligi korxonasi tashkil etish zarurligi aytildi. Sholichilikda hosildorlikni 150 sentnerga chiqargan dehqonlarga mahsulotining yarmini eksport qilishga ruxsat berish taklifi bildirildi.

Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilikni kengaytirishga ham yangi imkoniyatlar belgilandi.

Toshsoqa kanalini tiklash loyihasining 2-bosqichi, kanallarni betonlash ishlarining borishi ko‘rib chiqildi. 11 ming gektarda suv tejovchi texnologiya joriy qilish, 42 ming gektarni lazerli tekislash, nasos stansiyalarini texnologik yangilash topshiriqlari berildi.